Poytaxt markazidagi yangi hayot tarzi

Jamiyat 16:00 / 15.06.2021 10747

Namuna Development kompaniyasi dizayn va xalqaro standartlar talablari nuqtai nazaridan batafsil o‘ylangan turar joy majmualarini qurishga ixtisoslashgan. Uning asosiy vazifasi aholining barcha ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish, hayot tarzi sifatini yaxshilash va ishonchliligini ta'minlashdan iborat. Kompaniyaning asosiy ixtisoslashuvi – har bir oilaning qulay va samarali hayoti uchun barcha zarur shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, turar joy hududida o‘zining noyob ekotizimini yaratishdir.

Namuna Development taraqqiyotining birinchi loyihasi – poytaxt markazida, 3,55 gektar maydonda joylashgan NUR ahil qo‘shnilar mavzesi hisoblanadi. Turar joy mavzesi joylashuvi afzalliklaridan shaharning asosiy avtomagistrallariga hamda «Hamid Olimjon», «Abdulla Qodiriy» va «Minor» metro bekatlariga yaqin joylashuvi, shuningdek, tumanning ko‘plab madaniy-ma'rifiy va ko‘ngilochar obektlarigacha piyoda yetib borish imkoniyatini keltirish mumkin. NUR ahil qo‘shnilar mavzesi 30 binodan iborat bo‘lib, unda 932 xonadonlar ta'mirlangan va yashash uchun tayyor holatda topshiriladi, ya'ni faqat mebel va maishiy-texnika olib kirish kifoya.

Ikki xonali, uch xonali, to‘rt xonali va dupleks xonadonlar xonalari rejasini to‘g‘ri tanlash xonadon sig‘imliligini, qulayligini va kengligini kafolatlaydi. Mavzening barcha binolari Germaniyaning Motus texnologiyasi asosida qurilgan bo‘lib, u beton plitalarning harakatlanishini ta'minlaydi. Bu xususiyat bizning mintaqamizga xos bo‘lgan yuqori balli zilzilalarda butun hudud bo‘ylab istiqomat qiluvchilarning xavfsizligini kafolatlaydi.

Ahil qo‘shnilar mavzesi qulay yashash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta'minlangan: rivojlangan tashqi va ichki infratuzilma, tijorat ko‘chmas mulki, turli yoshdagi bolalar uchun to‘rtta o‘yin maydonchasi, uy hayvonlari uchun hududlar, fitnes va skeytbord zonalari va yugurish yo‘llari, eng muhimi 1400 dan ortiq yuqori texnologik sifatga ega yerosti va yerusti avtoturargohlari. Bu imtiyozlarning kichik ro‘yxati xolos.

Mahalliy va kundalik xaridlar uchun mavze hududida ko‘plab oziq-ovqat va maishiy do‘konlar joylashishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, hududda yashovchilar va mehmonlarning bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari uchun Lounge-atmosferada qahvaxonalar va butiklar o‘z faoliyatini olib boradi.

Ta'kidlash joizki, turar joy mavzesi xavfsizligi 24 soat davomida ta'minlanadi: shaxsning yuzini aniqlash tizimi va avtomobil kirishini nazorat qiluvchi avtomatik to‘siqlar o‘rnatiladi. Qisqa qilib aytganda, mavze hududiga begonalar kirishi taqiqlangan!

NUR ahil qo‘shnilar mavzesida yashovchi aholiga qulaylik yaratish uchun mobil ilova orqali boshqaruv kompaniyasi bilan 24 soatlik aloqada bo‘lish, oziq-ovqat yetkazib berish, taksi xizmatini chaqirish hamda boshqa maishiy xizmatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Poytaxtning go‘zal manzarasidan har bir xonadonga o‘rnatilgan panoramali derazalar orqali bahramand bo‘lasiz. Bu xususiyat tufayli xonadoningizni tabiiy yorug‘lik to‘ldiradi.

NUR ahil qo‘shnilar mavzesi haqida batafsil ma'lumotlar bilan tanishish, hamda mavze maketi va bo‘lajak uyingizning qanday holatda topshirilishini ko‘rishning imkoniyati Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Lashkarbegi ko‘chasi 1-uyda joylashgan savdo ofisida mavjud (mo‘ljal: Hamid Olimjon maydoni, Xalq banki).

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: +99878-777-00-77

Sayt: namunadevelopment.uz

Instagram: @namunadevelopment

Facebook: fb.com/namunadevelopment

Telegram: t.me/namunadevelopment

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: