Past Darg‘omda 17 yoshli qizni 4 kundan buyon izlashmoqda, u Darg‘om kanaliga tushib ketgan bo‘lishi mumkin

Jamiyat 21:00 / 15.06.2021 19327

«Qizim 12 iyun kuni soat 11:00 larda maktabdan chiqib ketib, uyga qaytib kelmadi. Tezda izlashga tushdik. Keyinroq qizimizni Darg‘om kanali yoqasida ko‘rganlar borligi ma'lum bo‘ldi. Odamlardan biri kanal xodimiga bir qiz sharshara oldida xavfli holatda turganini aytgan. Xodim yetib kelganida sharshara yonida qizim yo‘q, ammo uning sumkasi va telefoni qolgan ekan. Soat 16:00 larda profilaktika inspektori bilan telefonda gaplashdik.  

Hozir qarindoshlar, mahalladagilar, IIB, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari qizimni izlashyapti. Qutqaruvchilar kelgan, ammo kanalda suv ko‘p bo‘lgani uchun topishda qiyinchilik bo‘lyapti», deydi qizning otasi G‘.A. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Qizni so‘nggi marta ko‘rgan guvohlar va yaqin qarindoshlari u o‘zini sharsharadan tashlagan deb gumon qilmoqda. Qidiruv ishlari ham asosan shu hududda bormoqda.

Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili mazkur voqea chindan sodir bo‘lganini tasdiqladi va hozirda qidiruv ishlari davom etayotganini ma'lum qildi. FVB qutqaruv otryadi rahbari Rustam Erkinovga ko‘ra, ayni vaqtda suv hajmini kamaytirish chorasi ko‘rilgan. Ishga qutqaruv ekipaji hamda g‘avvoslar jalb qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: