Birjada AI-80 markali benzin narxi oshdi

Iqtisodiyot 14:37 / 15.06.2021 11838

AI-80 markali avtomobil benzinining boshlang‘ich narxi 2,2 foizga ko‘tarildi. Bu haqda tovar-xomashyo birjasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan haftada yonilg‘ining o‘rtacha kunlik narxi bir tonna mahsulot uchun 6 mln 715 ming so‘mdan 6 mln 860 ming 300 so‘mgacha ko‘tarilgan.

7-13 iyun kunlari birja savdolariga 28 ming 579 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yilgan. Shundan 21 ming 98 tonnasi (73 foiz) sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 57 xaridor ishtirok etgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 mln 830 ming 900 so‘mni, AI-91 markalisi esa 7 mln 873 ming 300 so‘mni tashkil etdi.

Ma'lum qilinishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1 ming 293 - 1 ming 370 litrni tashkil qiladi. Bunda AI-80 markali benzinning birjadagi narxi litri uchun o‘rtacha 5 ming 300 so‘mga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, AI-80 markali avtomobil benzinining boshlang‘ich narxi mahsulotning bir tonnasi uchun o‘rtacha 6 million 361 ming 800 so‘mdan 6 million 635 ming 200 so‘mgacha, ya'ni 4,3 foizga oshgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: