Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Belarusga tashrif buyurdi

Jamiyat 21:45 / 14.06.2021 6398

Hamkorlik doirasida Toshkent davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Abduvosiqov 10-14 iyun kunlari Belarus Respublikasining Grodno davlat universitetida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Delegatlar 11 iyun kuni Grodno davlat universiteti tashkil etilganining 70 yillik yubileyida qatnashdi.

Ikki OTM o‘rtasida 2020 yil imzolangan qo‘shma ta'lim dasturi doirasida magistratura yo‘nalishi uchun shartnomalar tuzildi.

12 iyun kuni Grodno davlat universiteti ilmiy kengashi a'zolari, prorektorlari bilan tashkil etilgan uchrashuvda akademik Botirjon Sulaymonov Grodno davlat universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi.

Shu kunning o‘zida delegatsiya Asalarichilik ilmiy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Soha bo‘yicha o‘zaro hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Xizmat safari davomida ToshDAU delegatlari Asalarichilik ilmiy markazida va Grodno oziq-ovqat fabrikasida ham bo‘ldi, fabrikadagi issiqxonalarda o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanilayotgan ilmiy tajribalar bilan tanishdi.

Ko‘proq yangiliklar: