Haftaning birinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi

O‘zbekiston 13:26 / 14.06.2021 6166

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, harorat kechalari 15-18 daraja iliqqacha pasayadi, kunduz kunlari 32-35 daraja issiq atrofida, janubda 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida sharqiy botiqlik respublika hududidan siljiydi, havo harorati asta-sekin kechalari 20-23 daraja issiqqacha, kunduz kunlari 36-39 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-41 daraja issiqqacha ko‘tarila boshlaydi.

Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 14 iyunda kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

14-15 iyunda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba'zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘yicha 14-15 iyunda va 19 iyunda shamol ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor.

Ko‘proq yangiliklar: