2021 yilda Hajga borishni rejalashtirgan o‘zbekistonliklarning navbati keyingi mavsumga saqlab qolinadi

Jamiyat 16:11 / 14.06.2021 11201

Ma'lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Haj va umra vazirliklari tomonidan hojilarning sog‘lig‘ini himoya qilishni ta'minlash maqsadida «Chet el fuqarolari uchun Haj ziyoratini cheklash, mahalliy aholi va mamlakatda doimiy yashovchi rezidentlar uchun Haj tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida» hukumat qarori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Saudiya ulamolari Kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, islom mamlakatlaridagi ko‘plab fatvo hay'atlari va boshqa ilmiy markazlar tomonidan ma'qullangan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi ham Saudiya Arabistoni hukumatining hojilar manfaatlari, ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishni ta'minlash nuqtayi nazaridan qabul qilgan ushbu qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi haj safariga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolarining navbatlari keyingi mavsum uchun saqlanib qolishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilda Haj ziyoratini 18 dan 65 yoshgacha bo‘lgan hamda koronavirusga qarshi emlangan Saudiya Arabistoni podshohligi fuqarolari va doimiy yashovchi rezidentlar ado etishi mumkinligi belgilangan.

Saudiya hukumati qarori bilan ziyoratchilar soni jami 60 ming kishi etib belgilangan. Islom dini arkonlaridan biri bo‘lgan Haj ibodatlari joriy yilning 17-22 iyul kunlari ado etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: