2021 yilgi Haj mavsumi ham xorijiy ziyoratchilarsiz o‘tadi

Jahon 16:31 / 12.06.2021 15201

Koronavirus pandemiyasi sababli, 2021 yilda Haj ziyoratini faqat Saudiya Arabistoni podshohligi fuqarolari va bu mamlakatda doimiy yashovchi rezidentlar ado etishi mumkin.

Podshohlik hukumati qarori bilan, ziyoratchilar soni jami 60 ming kishi etib belgilandi. Bunda 18 dan 65 yoshgacha bo‘lgan, koronavirusga qarshi emlangan mahalliy fuqarolar va rezidentlar nazarda tutilgan.

Haj mavsumida xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmaydi.

Islom dini arkonlaridan biri bo‘lgan Haj ibodatlari bu yil 17-22 iyul kunlari ado etiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Saudiya Arabistoni xorijlik ziyoratchilar uchun haj ziyoratini bekor qilgan, pandemiya sababli 2020 yilda haj ziyorati 10 ming kishi ishtirokidagina o‘tgandi. Ziyoratchilarning 30 foizini saudiyaliklar, 70 foizini  esa mamlakatda yashovchi xorijliklar tashkil qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: