Ma'lum qilinishicha, yuridik shaxslarga tabiiy gazni yetkazib berishni nazorat qilish bo‘limi mas'ullari tomonidan may oyida iste'molchilarning tabiiy gazdan oqilona foydalanishini nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar olib borilgan.
Jarayonda «O.R.O» xususiy korxonasi ta'minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi ma'lum bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, buning oqibatida ta'minotchi korxonaga 42 million 483 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor I.Sh. ham hech qanday shartnoma tuzmasdan 2 820 metr kub gazdan noqonuniy foydalangan. «E.P.» xususiy korxonasi esa gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi oqibatida ta'minotchi korxona 43 million 536 ming so‘m moddiy zarar yetkazgan.
Oldinroq Navoiy viloyatida gazdan noqonuniy foydalanib kelgan issiqxonalar egalariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.