Qashqadaryoda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 10 yoshli bola vafot etdi

Jamiyat 11:50 / 09.06.2021 1269

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 7 iyun kuni soat 21:00larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumani «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 1288-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH ro‘y bergan.

Dehqonobod tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan B.R. o‘z boshqaruvidagi «Nexia-3» mashinasi bilan Termiz-Qarshi yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda yo‘lni kesib o‘tayotgan, shu tumanning «O‘zbekiston» MFY Jonabuloq qishlog‘ida yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan A.E.ni urib yuborgan.

Oqibatda A.E. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: