Marhamat tumanida zamonaviy kutubxona barpo etildi

Jamiyat 17:22 / 09.06.2021 18645

Andijon viloyatining Marhamat tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor Qobiljon Obidov o‘z mablag‘lari hisobidan jamoat kutubxonasini barpo etdi.

Sharqona uslub va zamonaviy arxitektura uyg‘unligi asosida qurilgan kutubxonaning ochilish marosimi oldidan kitob fondini shakllantirish hamda binoning so‘nggi ta'mirlash jarayonlari ketmoqda.

Uch qavatli kutubxonada 150 mingga yaqin kitob joylashtiriladi.

Bundan tashqari, kutubxona to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, kitobxonlar zamonaviy kompyuterlarda 300 mingdan ziyod elektron kitoblarni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kutubxona tez kunlarda ish boshlashi kutilmoqda. U marhamatlik yoshlar uchun Mustaqillikning 30 yilligiga munosib sovg‘a bo‘lsa ajab emas.

Elmurod Ermatov,
Jahongir Mahmudov

Ko‘proq yangiliklar: