Qaysi viloyatda sezilgan va kutilgan inflatsiya yuqori? Markaziy bank may oyi hisobotini e'lon qildi

Iqtisodiyot 15:10 / 08.06.2021 12342

Markaziy bank may oyidagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini ma'lum qildi.

Respublika bo‘yicha 4 mingdan ortiq aholi va tadbirkorlik sub'yektlari qatnashgan so‘rovnomada mamlakatda inflyatsion kutilmalar va sezgilar pasaygani aniqlangan.

Xususan, may oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya aprelga nisbatan pasayib 17,2 foizni, tadbirkorlarda esa 16,8 foizni tashkil etdi. Aprel oyida bu ko‘rsatkich 17,7 va 17,5 foiz bo‘lgandi. Ammo har ikkala ko‘rsatkich ham mart oyiga (16,3 va 16,2 foiz) nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. 2020 yil yanvarida aholiga sezilgan inflatsiya 15,7 foizni, tadbirkorlarda 15,6 foizni tashkil etgan.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, inflyatsion kutilmalarda ham pasayish kuzatilgan. Bunda aholida 16,5 foiz, tadbirkorlarda 16,4 foizlik inflyatsion kutilmalar qayd etilgan. Aprel oyida bu ko‘rsatkich 16,9 va 16,6 foizlarga to‘g‘ri kelgan. Mart oyidagi aholi va biznes inflyatsion kutilmalari (15,9 va 15,5 foiz) ham o‘tgan ikki oyga nisbatan past darajada qayd etilgan. O‘tgan yilning yanvarida aholi inflyatsion kutilmalari 16,4 foizni, tadbirkorlarniki 15,6 foizni tashkil etgan.

Hisob-kitoblarga qaraganda, may oyida O‘zbekistondagi eng yuqori inflyatsion kutilmalar va sezilmalar Namangan viloyatida (20,2-18,8 foiz va 19,3-19,4 foiz), eng past ko‘rsatkich esa Navoiy viloyatida (14,4-14,3 foiz va 14,9-14,8 foiz) kuzatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: