Enter Engineering: Samarqand xalqaro aeroporti xalqimizning faxri va iftixori manbaiga aylanuvchi maskan bo‘ladi

Jamiyat 16:00 / 08.06.2021 10843

Keyingi yillarda O‘zbekistonda xalqaro turizm izchil sur'atlarda rivojlanib bormoqda. 2020 yilda BMT qoshidagi Butunjahon turizm tashkiloti turizm rivojlanishi sur'ati bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallab turganini ma'lum qildi. Ayrim manbalarda 2017 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan bir yillik davrda O‘zbekistonga xalqaro tashriflar soni 2,8 milliontadan 6,4 milliontagacha ko‘paygani holda 2,3 barobarga o‘sgani e'tirof etilgan.

E'tirof etish joizki, Samarqandga keluvchilarning aksariyati Qadimiy Ipak yo‘lidagi ushbu qadimiy va fayzli shaharda joylashgan tarixiy va madaniy yodgorliklarni tomosha qilish istagida bo‘lgan sayyohlardir. Samarqandda bo‘lgan har bir inson qadim faylasuflari va shoirlarining ushbu kentga «Sharq musulmon olamining bebaho durdonasi», deya ta'rif berishgani sababini anglab yetgandek bo‘ladi. Samarqand sayyohlar uchun alohida jozibadorlikka egaligidan tashqari mamlakat poytaxti Toshkentni yana ikkita tarixiy shaharlar hisoblanmish Xiva va Buxoro bilan bog‘lovchi transport tuguni sifatida ham ahamiyatlidir. Shuningdek, kelasi yilda Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga aynan Samarqand mezbonlik qilishi kutilmoqda va shu sababli shaharga tashrif buyuruvchilar soni yanada ko‘payishi aniq.

O‘tgan asrning 1967 yilida qurilgan Samarqand aeroportining eski binosi zamonaviy xalqaro standartlarga javob berolmay qolgani bois va shaharga tashrif buyuruvchilar soni tobora ortib borayotgan bir sharoitda ularga munosib xizmat ko‘rsatilishini ta'minlash uchun 2018 yilning noyabrda oyida Samarqand xalqaro aeroportini qaytadan planlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil iyul oyidagi tashrifidan so‘ng ushbu loyiha ko‘lami yanada kengaytirildi. Tabiiyki, Samarqandda zamonaviy sayyohlik markazini, jumladan, yangi aeroportni, mehmonxonalar, konferens-zallar, mavzuli xiyobonlar va boshqa ko‘ngilochar maskanlarni o‘z ichiga olgan   sayyohlik markazini yaratish ehtiyoji yuzaga keldi.

Aeroport rekonstruksiyasi xalqaro terminalni modernizatsiyalash, yana bir zamonaviy terminalni, yangi uchish-qo‘nish yo‘lakchasini bunyod etish hamda radiolokatsiya tizimlarini yangilashni o‘z ichiga oladi. Loyihada, shuningdek samolyotlar uchun 24 ta qo‘noq joyi va 700 o‘rinli yengil avtomobillar to‘xtash joyi qurilishi nazarda tutilgan. Bugungi kunga kelib umumiy ish hajmining 80 foizi bajarib bo‘lindi. Endilikda aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 350 tadan 1000 tagacha oshirish hisobiga kutilayotgan yo‘lovchilar oqimini yiliga 460 000 tadan 2 milliontagacha, doimiy tartibdagi reyslar sonini esa haftasiga 40 tadan 120 tagacha yetkazish imkoniyati ta'minlanadi.

Shu o‘rinda Enter Engineering zimmasidagi barcha ishlar koronavirus bilan bog‘liq pandemiya sharoitida amalga oshirilganini alohida ta'kidlash lozim. Bu jarayonda xodimlarimiz va ishchilarimizning xavfsizligi va xotirjamligini ta'minlash, virus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik asosiy vazifalardan biriga aylandi. Biz shu maqsadda barcha xodimlarimizning virus xavfi va undan saqlanish vositalaridan xabardor bo‘lishlari uchun bir nechta samarali choralarni qo‘lladik. Shaxsiy himoya vositalaridan qat'iy tarzda foydalanish, xodimlarning tana haroratini doimiy ravishda o‘lchash, gigiyenik va dezinfeksiyalash vositalarini ommaviy tarzda qo‘llash, xavf doirasidagi xodimlarni karatin tartibida kuzatuvga olish va ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta'minlash kabi choralar o‘z samarasini berdi. Jarayon davomidagi ayrim muqarrar sekinlashish holatlariga qaramasdan biz umumiy ish grafigidan chetga chiqmagan holda ishlashga erishdik va ushbu loyihani joriy yil sentyabr oyida yakunlashni maqsad qilganmiz.

Butun dunyo kabi O‘zbekiston va Samarqand ham o‘z eshiklarini, qalbini dunyoning turli burchaklaridan insoniyatning yangi tarixidagi og‘ir kechgan sinovli davrdan keyin yurtimizga tashrif buyuruvchilarga keng ochishga tayyor. Ajoyib va ulug‘vor me'moriy yodgorliklar bilan bir qatorda qadimiy va navqiron Samarqandda xalq hunarmandchiligining o‘nlab durdona turlari, jumladan kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, misgarlik, naqqoshlik, kulolchilikka xos an'analar yaxshi saqlangan. 

Shahar Butunjahon madaniy merosi tasnifida «Samarqand – madaniyatlar kesishgan shahar» ta'rifi bilan qayd etilgan va shubhasizki, u bu nomni tarixiy o‘tmishda qadimiy Xitoy va G‘arb o‘rtasidagi Buyuk Ipak yo‘lining markaziy shahari maqomini egallagan paytdan buyon munosib tarzda saqlab kelmoqda.  

Endilikda Samarqandga tashrif buyuruvchilarni Mirzo Ulug‘bekning 1444 yilda yozilgan «Zijji jadidi Ko‘ragoniy» asariga muqoyasa sifatida ochiq kitob ko‘rinishida bunyod etilgan ajoyib terminal qarshi oladi. O‘z davrida bu kitob 1018 ta yulduzning joylashuvi haqida ma'lumot beruvchi eng mukammal asar sifatida dunyo falakiyotshunosligi ilmining eng muhim va ilg‘or hujjati hisoblangan. Qadimiy lotin tiliga tarjima qilingan ushbu asardan Yevropaning barcha observatoriyalarida asosiy adabiyot sifatida foydalanilgan. Terminalning tom qismida ba'zi yulduzlar turkumi tasviri tushirilgan yulduzli osmon ko‘rinishi aks ettiriladi, osmondan qaraganda, ayniqsa tungi osmonda bu ko‘rinish juda ajoyib va ulug‘vor manzara kasb etadi.

Millionlab kishilar uchun aeroportlar – nafaqat tashrif buyuruvchilar qarshisida ochiluvchi eshiklar, yirik ish beruvchilar, daromadlar manbai, vaholanki, tezkor rivojlanayotgan Yangi O‘zbekiston uchun bu jihatlar ham favqulodda muhim hisoblanadi – balki qulay va zamonaviyligi bilan barcha sayohatchilarga umid va sarguzashtlar zavqini baxsh etuvchi manzil hamdir. Biz Samarqanddagi yangi Xalqaro aeroport xalqimizning uzoq yillar davomidagi faxri va iftixori manbai bo‘lgan maskanga aylanishiga umid qilamiz.

Rustam Haydarov, Enter Engineering bosh direktorining sanoat va fuqarolik obektlari qurilishi bo‘yicha o‘rinbosari.

Telegram: t.me/enterengineeringpteltd

Instagram: @enter_engineering_group

Facebook: fb.com/EnterEngineering

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: