Tesla eng qimmat elektromobilini ishlab chiqarishdan voz kechdi

Jahon 15:55 / 07.06.2021 8112

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask Model S Plaid Plus elektromobilini ishlab chiqarishdan voz kechdi.

U bu haqda o‘z Twitter sahifasida ma'lum qildi. Maskning yozishicha, kompaniya e'tiborini Model S Plaid modelini ishlab chiqarishga qaratadi.

"Plaid+ bekor qilindi. Unga zarurat yo‘q, chunki Plaid ham u kabi yaxshi", - deb yozdi u.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Model S Plaid elektromobili eng tezyurar elektromobil bo‘ladi.

Uning ma'lumot berishicha, Plaid ikki soniya ichida tezligini soatiga 96 kilometrga yetkaza oladi.

Kompaniya 2021 yilning birinchi choragida birorta ham qimmat Model S yoki Model X elektromobilini ishlab chiqarmadi.

Ko‘proq yangiliklar: