Samarqandda 20 kishi do‘konga bostirib kelgani aytilgan xabar yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

Jamiyat 19:15 / 07.06.2021 2992

Joriy yil 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda 5 iyun kuni tunda Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan savdo do‘koniga 20 kishi bostirib kelgani haqidagi video tarqatilgan. Viloyat IIB axborot xizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 iyun kuni soat 22:00 larda Payariq tumani G‘oyibota mahallasida joylashgan savdo do‘koni yonida Payariq tumani Turkibola mahallasida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan B. hamda shu mahallada yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan S. lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. O‘rtada kelib chiqqan janjal oqibatida S. qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan B.ning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-modda 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Ta'kidlanishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari davomida, janjalda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga xuquqiy baho beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: