Malayziyada tana harorati yuqori odamlarni aniqlash uchun dronlardan foydalanilmoqda

Jahon 15:14 / 07.06.2021 3149

Malayziya hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida harorati yuqori bo‘lgan odamlarni aniqlash uchun dronlardan foydalanmoqda, deb yozadi The Guardian.

Qayd etilishicha, infraqizil uzatkichlar bilan jihozlangan skaner-dronlar 20 metr balandlikdan harorati yuqori bo‘lgan odamlarni aniqlay oladi va bu haqda xabar beradi.

Hukumat avvalroq koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan choralarga amal qilinishini ta'minlash uchun dronlardan foydalanilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Malayziyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 616,8 mingta holat qayd etilgan, 3,3 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: