Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida «Lasetti» va Jiguli mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda «Jiguli» haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 3 iyun 01:30 larda Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur shohko‘chasida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. «Lasetti» va «Jiguli» mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda «Jiguli» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga olib ketishda, yo‘lda vafot etgan.
Aniqlanishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasiga haydovchilarning tezlikni oshirishi sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.