Putin Roman Protasevichni tanimasligini va tanishni ham istamasligini aytdi

Jahon 21:42 / 04.06.2021 30765

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Minskda qo‘lga olingan Nexta Telegram-kanali asoschisi Roman Protasevichni tanimasligini va tanishni ham istamasligini aytdi

«Auditoriyamiz katta, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi, bizni – meni va kanslerni (Avstriya kansleri Sebastyan Kurs) shu savol bilan «ezib tashlashdi». Allaqanday Roman Protasevich, uni tanimayman va tanishni ham istamayman. Istaganini qilsin – Lukashenko rejimi bilan kurashaversin», — dedi Putin.

Minskda Ryanair samolyoti majburan qo‘ndirilishida Rossiya maxsus xizmatlari ham qatnashgani to‘g‘risidagi savolga Putin «Albatta, yo‘q» deb javob berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ishlarda xalqaro hamkorlik qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 23 may kuni Ryanair’ning Afinadan Vilnyusga reysni amalga oshirgan samolyoti Minskda majburan qo‘ndirilgandi. Unda uchgan belaruslik muxolifatchi jurnalist Roman Protasevich qo‘lga olingan.

Ushbu hodisa xalqaro mojaro keltirib chiqardi. Bir qator davlatlar bunda Belarusni ayblab, u bilan aviaaloqani to‘xtatishga va respublika aviakompaniyalariga o‘z hududlari ustidan uchishni taqiqlashga qaror qildi.

Ko‘proq yangiliklar: