1 iyuldan minimal pensiya va nafaqalar oshiriladi

Iqtisodiyot 20:07 / 04.06.2021 132373

Prezidentning «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi.

Mazkur hujjat bilan 2021 yilning 1 iyulidan boshlab:

a) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy etilsin.

Bunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshiriladi;

b) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 000 so‘mga yetkazildi;

v) zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 so‘mdan 400 000 so‘mga yetkazildi;

g) boquvchisini yo‘qotganlik:

— pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etildi;

— pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshirilsin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi;

— nafaqasi oluvchi oilalarning barcha a'zolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori 400 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun 150 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi.

d) bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 so‘mdan 565 000 so‘mga oshirildi.

Ma'lumot uchun, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiya va nafaqa qiymatlari quyidagicha belgilangan edi:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m.
Ko‘proq yangiliklar: