Toshkent shahar IIBB kuchli shamol kuzatilganda ko‘chada harakatlanmaslikka chaqirdi

Jamiyat 22:18 / 29.05.2021 8186

Toshkent shahar IIBB kuchli shamol kuzatilganda aholini ko‘chada harakatlanmaslikka chaqirdi.

«Toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganda ko‘chada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘raymiz. O‘zingiz va mulkingizni baxsiz hodisalardan asrang!» deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 19 va 26 may kunlari Andijonda kuchli shamol esishi oqibatida elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: