TBC Bank «5 tashabbus harakati» loyihasiga homiylik qildi

Jamiyat 20:00 / 29.05.2021 6873

Statistika bo‘yicha tadbirlarda 200 mingdan ortiq odam qatnashdi. Ular orasida minglab ijodkor, qiziquvchan, ijobiy xislatlarga to‘la yoshlar bo‘lib, bu yoshlar 5 kun davomida butun shaharni yorqin hislarga to‘ldirib turdilar!

Madaniy va intellektual tanlovlar, futbol, basketbol, stol tennisi, armrestling hamda Street Workout kabi turlar bo‘yicha sport musobaqalari, poytaxtning mashhur va intiluvchan yoshlari bilan mediatreninglar hamda uchrashuvlar, vokal va raqs tanlovlari, «Zakovat» aqliy kurashi bular festivalda amalga oshirilgan tadbirlarning tig‘iz dasturiga kirgan ayrim tadbirlar xolos.

O‘zbekistondagi ilk raqamli bank bo‘lgan TBC Bank uchun bu dastlabki yirik hamkorlik loyihasi bo‘lib, u tasodifan tanlanmagan. TBC Bank’ning asosiy qadriyatlaridan biri o‘z auditoriyasining madaniyat, sport, san'at va adabiyotda hamisha yuksaklikka intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu jarayonda «5 tashabbus» festivali ajoyib start bo‘la olish bilan birga yosh, intiluvchan insonlar bilan muloqot maydoniga aylanadi.

Bank Smart zone ekopavilonida taqdim etilgan ikki loyihaning homiysiga aylandi. Quyidagilar bankdan moliyaviy ko‘mak oldilar:

  • Ekologiya sohasida,  «Project X» ideatoni doirasida «Defuse it» jamoasi;
  • Biznes sohasida ayollar netvorkingi haftaligi doirasida «AUF Group» jamoasi.

Bundan tashqari digital-bankdan eko uslubdagi, tirik gullar va o‘simliklar bilan bezatilgan Salom fotozonasi ishtirokchilar e'tiborini jalb qildi. Festival doirasida bo‘lib o‘tgan Street Art tanlovida rassom Olya Vislinseva instalyatsiyalar harflarini qo‘lda yozib chiqdi.

Mazkur loyihani suratga tushirish uchun fotograf Aleksandr Davitashvili Tbilisidan maxsus yetib keldi. Uning ishlarini TBC Bank’ning Instagram, Facebook va Telegram'dagi sahifalarida kuzatish mumkin.

O‘z xizmatlari kommunikatsiyasi va salohiyatli mijozlar bilan bevosita muloqot uchun TBC Bank’ning POS-nuqtasi tashkil etildi. Festival ishtirokchilari bank xizmatlari bilan tanishishlari, ilovani yuklab olishlari va festival yakunidan so‘ng bir necha kun ichida o‘tkaziladigan hamda uchta iPhone 12 smartfoni sovrin sifatida qo‘yilgan tanlovda ishtirok etishlari mumkin bo‘ldi.

TBC Bank insonning hayoti yanada qulayroq bo‘lishiga mo‘ljallangan tajriba yaratishga intiladi va bu boshlanishi xolos!

Ma'lumot uchun: TBC Bank – Gruziyadagi yetakchi bank. 2020 yilda u O‘zbekistonda o‘z filialini ochgan va mamlakatdagi ilk raqamli bankka aylangan. Bank o‘z ilovalari orqali karta, to‘lovlar va pul ko‘chirishni amalga oshirish, shuningdek boshqa ko‘plab bank xizmatlarini taqdim etadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: