Sirdaryoda poyezd urib yuborgan 22 yoshli ayol vafot etdi

Jamiyat 15:49 / 28.05.2021 3803

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 24 may kuni soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi navbatchilik qismiga temir yo‘lda yuz bergan falokat haqida xabar kelib tushgan. Unda «Xovos-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yo‘lining 2 kilometr 6 piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi noma'lum ayol kishini urib yuborganligi to‘g‘risida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1999 yilda tug‘ilgan Xovos tumani «Gulbahor» MFYda yashagan T.Sh. ekanligi hamda ehtiyotsizligi oqibatida uni elektropoyezd urib yuborganligi aniqlangan. Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Ta'kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha, mazkur hodisa yuzasidan Xovos transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: