Senat Andijondagi deputatlarning murojaati yuzasidan munosabat bildirdi

Jamiyat 14:44 / 27.05.2021 22451

«Avvalroq mazkur holat Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashuvchi komissiyasi (Maxsus komissiya) tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi bo‘yicha xabar berilgan edi.

Ta'kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan har bir masala puxta va sinchkovlik bilan qonunchilikka tayangan holda o‘rganish talab etiladi. Shu bois, masalaga huquqiy yechim topish va adolatli qaror chiqarish maqsadida ayni paytda Maxsus komissiya tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Tez kunlarda ushbu o‘rganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka batafsil ma'lumot beriladi.

Murojaatda keltirib o‘tilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan qaror Senat tomonidan o‘rnatilgan tartibda bekor qilinishi ta'minlanadi», deyiladi Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputatlari prezidentga videomurojaat yo‘llashgan, unda mahalliy kengash mas'ullari tomonidan o‘zlariga o‘tkazilayotgan bosim va tazyiqlar hamda kengashning qonun va qonunosti hujjatlarga zid ravishda chiqarilayotgan qarorlaridan norozi ekanligini bildirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: