Bizning Uylar Development kompaniyasi keng ko‘lamli tijorat ko‘chmas mulk loyihasini – Alfraganus ochiq havodagi savdo-ko‘ngilochar majmuasini qurishni boshladi. Mazkur savdo majmuasi 110 ming kvadrat metrdan ziyod maydonni egallab, Mirobod tumani markazida Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab joylashgan.
Loyihada turli formatdagi savdo maydonchalariga ega bo‘lgan bir va ikki qavatli binolar qad rostlaydi. Tadbirkorlarga 14 turdagi fasad dizayniga ega binolar taklif etiladi. Alfraganus'da biznesning turli yo‘nalishlari: savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va boshqalarni rivojlantirish va tashkil etish uchun keng imkoniyatlar taqdim etiladi. Loyihaning birinchi bosqich qurilishida savdo majmuasining yarmidan ko‘pini ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. 10 oy ichida 262 ta bino foydalanishga topshiriladi.
Kompaniya nafaqat keng ko‘lamli tijorat binolari taklif etadi, shu bilan birga uzoq muddatli ijarachi mavjud tayyor ijara biznesini sotib olish imkoniyatini ham taqdim etadi. Yuqori daromad keltiradigan ijara biznesi moliyaviy xatarlardan xoli sarmoya turi hisoblanadi. Darhaqiqat, 10 oydan so‘ng sarmoyalaringiz kafolatlangan daromad keltira boshlaydi.
Qurilish bosqichida kompaniya foydali tijorat ko‘chmas mulkini sotib olish uchun maxsus shartlarni taklif qiladi. Knight Frank kompaniyasining ko‘chmas mulk bo‘yicha xalqaro ekspertlari loyiha ishga tushganidan so‘ng uning kapitallashuvi 30% ga yetishini tahlil qildilar. Ayni damda, joy xarid qilish uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Loyiha ishga tushishiga 10 oy vaqt qoldi. Har oyda uning qiymati oshib boradi.
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44
Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 30-uy
Mo‘ljal: «UzBum», China Town restorani
Sotuv ofisi har kuni 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Sayt: alfraganus.com
Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent
Instagram: @alfraganus.uz
Telegram: t.me/alfraganus_tashkent
Reklama huquqi asosida