Koronavirusga qarshi emlash bilan ahvol qanday? MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlariga doir raqamlar tahlili

Jamiyat 20:55 / 26.05.2021 10586

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash darajasi MDH mamlakatlari va Afg‘onistonni hisoblaganda mustahkam 5-o‘rin bilan o‘lchanmoqda. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari - Centers for disease control and preventions (CDC) saytida global darajada koronavirusga qarshi emlash ko‘rsatkichlariga doir ma'lumotlar keltirilgan. Unda keltirilgan raqamlarni qiyoslash orqali MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlarida emlash bilan bog‘liq jarayon qanday borayotgani haqida tasavvur hosil qilish mumkin.

Yuqoridagi suratda MDH mamlakatlari va Afg‘onistonda har 100 kishi hisobiga jami to‘g‘ri keladigan vaksinalar soniga doir raqamlar keltirilgan. Unga ko‘ra, Ozarboyjonda har 100 kishiga 19.94ta vaksina to‘g‘ri keladi. Rossiya Federatsiyasida 18.52ta, Qozog‘iston 15.79ta, Belarusda 7.25tani tashkil etadi. O‘zbekistonda bu raqam 4.78tani, Gurjistonda  3.36ta, Ukrainada 2.48ta, Afg‘oniston 1.47ta, Qirg‘izistonda 0.83ta, Tojikiston 0.76ta, Turkmaniston 0.7ta, Armanistonda 0.65tani tashkil etmoqda.   

  

2021 yil 25 may kuni yangilangan ma'lumotlarga binoan, yuqoridagi suratda ko‘rib chiqayotgan mamlakatlarimizda so‘nggi 1 haftada necha kishi koronavirusga qarshi emlanganini ko‘rish mumkin. Bunda raqamlar quyidagicha ko‘rinish olgan. 

Kamida bir marta vaksina olgan yaqin xorij mamlakatlari orasida ham O‘zbekiston har 100 kishidan 3,54 kishi emlanishi bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Umuman bu boradagi raqamlar quyidagicha ko‘rinish olgan. 

Va nihoyat, vaksinaning birinchi, ikkinchi va yoki uchinchi dozasini olganlar, ya'ni to‘liq emlanganlarga doir ma'lumotlarni ko‘rib chiqamiz. Qayd etish kerak, bunda Tojikiston, Qirg‘iziston va Armaniston bu haqda ma'lumotlarni taqdim etmagan. Yoxud ularda to‘liq emlanganlar hozircha mavjud emas. Quyidagi jadvalda ko‘rish mumkinki, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash hozircha unchalik ham havas qiladigan darajada emas. Bu borada Ozarboyjon, Rossiya va Qozog‘iston birmuncha yaxshi pozitsiyada. Albatta, Gurjiston, Afg‘oniston, Ukraina va Turkmanistonda emlash bilan bog‘liq holatlar ancha achinarli ahvolda, deb bemalol aytish mumkin. 

Shu bilan birga, alohida qayd etish kerak, yuqoridagi ma'lumotlarda turli davlatlarga tegishli raqamlar yangilanish muddati keskin farq qiladi. Misol uchun, Ozarboyjon, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya va Ukrainaga tegishli raqamlar so‘nggi 1 kunlik ma'lumotlar ekani qayd etilsa, Afg‘oniston 2 kun, O‘zbekiston 3 kun, Belarus 5 kun, Qirg‘iziston 8 kun, Tojikiston va Armaniston 10 kun, Turkmaniston 52 kun avvalgi ma'lumotlar bazasini yangilamagani ko‘rsatilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: