Dunyoda emlanganlik haqidagi qalbaki ma'lumotnomalar savdosi avj olmoqda

Jahon 09:32 / 20.05.2021 5373

Darknetda qalbaki ma'lumotnomalarni sotish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot mualliflaridan biri Oded Vanununing aytishicha, emlanganlik haqidagi qalbaki hujjatlar savdosi AQSh, Britaniya va Germaniyada, ayniqsa, faol olib borilmoqda.

 «Qalbaki sertifikatlarning katta qismi Telegram kanallari orqali sotilmoqda. Hozirda 100dan ortiq bunday kanal bor, vaholanki mart boshida ular bor-yo‘g‘i 5ta bo‘lgan», deb ma'lum qilgan mutaxassis.

 Uning ta'kidlashicha, bu turdagi qalbaki hujjatlar savdosiga chek qo‘yishning yagona yo‘li emlanganlarning global bazasini yaratish hisoblanadi.

 Hozirgi pandemiya sharoitida emlanganlik haqidagi ma'lumotnoma ko‘plab cheklovlardan ozod bo‘lish, erkin harakatlanish imkonini beradi. Bunday hujjatlarga talabning oshishi shu bilan bog‘langan.

Ko‘proq yangiliklar: