Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
Olimlar dunyo bo‘ylab kovidning XEC nomli yangi varianti tarqalayotganidan ogohlantirdi. U tez orada koronavirusning asosiy turiga aylanishi va oldingilarini siqib chiqarishi mumkin.

Foto: AP
Ushbu variant birinchi marta iyun oyida Germaniyada aniqlangan. Shundan beri XeCga chalinish holatlari Buyuk Britaniya, AQSh, Daniya va boshqa bir qancha mamlakatlarda qayd etilgan, deb yozadi amerikalik olim, Scripps Research instituti direktori Erik Topol X tarmog‘ida.
U XeCning tarqalishi “endigina boshlanayotganini” aytdi.
“Buning uchun bir necha hafta, ehtimol bir-ikki oy kerak bo‘ladi, keyin u mustahkamlanib, o‘zining alohida to‘lqinini keltirib chiqaradi”, — deya LA Times gazetasiga ma’lum qildi Topol.
“XEC asosiy variantga aylanayotgani shubhasiz. Chamasi, u keyingi asosiy shtamm bo‘ladi. Biroq uning tarqalishi cho‘qqiga chiqishi uchun bir necha oy vaqt kerak bo‘ladi”, — deb ta’kidladi Topol.
Olimlarning aytishicha, XeC o‘zining avvalgi variantlaridan uni tezroq tarqalishiga yordam beruvchi ba’zi mutatsiyalari bilan farq qiladi. Shunga qaramay, mavjud vaksinalar shtammning insonlar salomatligiga jiddiy ta’siriga yo‘l qo‘ymasligi kerak, deb hisoblaydi ular.
Farmatsevtika sanoati koronavirusga qarshi vaksinalarni muntazam yangilab turibdi, biroq hali ularni yangi variantga moslashtirishga ulgurmagan. Ammo bu mavjud vaksinalar yangi variantga qarshi kurasholmaydi, degani emas.
London Universitet kollejining Genetika instituti rahbari, professor Fransua Balu XeC tarqalish borasida oldingi variantlarga qaraganda “biroz ustun” ekanini, biroq mavjud vaksinalar undan himoyalanishda samarali xizmat qilayotganini aytdi.
Baluning prognozlariga ko‘ra, XEC kelgusi qishda Covid-19 ning asosiy turi bo‘lib qolishi ehtimoldan yiroq emas.
Alomatlari qanday?
Kovidning yangi turidagi simptomlar ilgari ma’lum bo‘lgan turlaridan farq qilmaydi. Bularga yuqori harorat, tananing turli qismlaridagi og‘riqlar, holsizlik, yo‘tal yoki tomoq og‘rishi kiradi.
Aksariyat odamlar koviddan keyin bir necha haftada tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida kasallik uzoqroq davom etadi.
Dunyoning barcha mamlakatlarida koronavirus bilan kasallanish statistikasini kuzatib boruvchi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2022 yilda COVID-19 pandemiyasi tugaganini e’lon qilgandi.
Pandemiya boshlanganidan to 2024 yilning iyun oyi oxirigacha 775 milliondan ortiq kasallanish holatlari va 7 milliondan ortiq o‘lim tasdiqlangan, deyiladi JSST saytida.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, may oyining oxiridan iyun oxirigacha 135 mingta yangi koronavirus holati qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich avvalgi oydagidan deyarli farq qilmaydi. Shu bilan birga, ushbu davr mobaynida vafot etganlar soni 2 mingdan oshgan, bu esa avvalgi davrga nisbatan 3 foizga kam.
Pandemiya tugashi va o‘lim darajasining keskin pasayishi bilan, kovidga test topshirayotgan odamlar soni ancha kamaydi. Shu sababli, koronavirus tarqalishining hozirgi ko‘lamini kuzatish qiyinlashgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

17:25 / 01.07.2025