Jizzaxda tormozi pand bergan yuk mashinasi to‘rtta mashinaga shikast yetkazdi. 8 kishi jarohat oldi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududida harakatlanib ketayotgan Howo yuk mashinasining tormozi ishlamay qolishi oqibatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida jami to‘rtta mashinaga zarar yetgan. 8 kishi jarohatlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 17 may kuni soat 22:45 larda Buxoro viloyati, Olot tumanida yashovchi I.B. Howo yuk mashinasida M-39 Almati–Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘li orqali Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududida tormozi ishlamay qolgan.
Haydovchi mashinani to‘xtata olmagani uchun Howo o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi H.R. boshqaruvidagi Neksiya, Qamashi tumanida yashovchi M.N. boshqaruvidagi Neksiya, Shahrisabz tumanida yashovchi M.A. boshqaruvidagi Neksiya, Jizzax shahrida yashovchi M.O. boshqaruvidagi Lasetti rusumli mashinalarining orqa qismiga urib, ularga jiddiy shikast yetkazgan.
Oqibatda, yengil mashinalar salonida bo‘lgan Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax shahrida yashovchi 8 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan. Ularga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, ushbu hududda xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB 1-safarbarlik guruhi inspektori, safdor Sh.Irmatov xizmat mashinasi bilan Howo’ning oldidan o‘tib ogohlantirish signali bilan yo‘ldagi boshqa mashinalarni yo‘l chetiga chiqishlari to‘g‘risida ogohlantirgan. U bu harakati bilan yuk mashinasining boshqa mashinalarga shikast yetkazishining oldini olgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

18:32 / 30.01.2025
Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi

15:06 / 28.12.2024