«Onam uchun jonim fido bo‘lsin» – Hindistonda 6 oydan buyon dard chekayotgan ayolga yordam zarur

Jamiyat 13:46 / 18.05.2021 8940

– Onam Barno Azimova jigar sirroziga chalinib qoldi. Uzoq davolanishlar samara bermadi, oxiri jigar almashtirish zarurligini aytishdi. Operatsiya Hindistonda o‘tkazilishi kerak, – deya so‘z boshladi Sunnatbek Burhoniddinov.

Oilada to‘ng‘ich farzandman, sotish mumkin bo‘lgan narsalarimizni sotib, 13 ming dollar to‘pladim va onamni Hindistonga jo‘natdim. Qilgan ishim tavakkal edi, bu pul yetmasligini bilardim, ammo onamni jo‘natmaslikning ham iloji yo‘q edi, umidsizlikka tushib qolardi.

Hozir shifoxona to‘loviga 27 ming dollar so‘rashyapti. O‘rtadagi farqni qayerdan topishni bilmay boshim qotdi. Jo‘nab ketganlariga deyarli 6 oy bo‘lyapti, buncha vaqt davolanishning, musofirchilikda yurishning o‘zi bo‘lmaydi. Onam uchun jonim fido, lekin hozir mening jonim emas, o‘sha to‘lanadigan mablag‘ zarur bo‘lib turibdi. Yaxshi insonlardan ko‘mak so‘rashga majbur bo‘ldim, – so‘zlarini yakunladi Sunnatbek.

Kun.uz mushtariylari biror bemorni noumid qilmaganlar. Ayniqsa, xorijda murakkab vaziyatda qolganlarga o‘zgacha dalolat qiladilar. O‘ylaymizki, Sunnatbek o‘z volidasini sog‘-omon kutib oladi.

Barno Azimovaga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600112946696242 Sunnatbek Burhoniddinov nomida;

Viza: 4023060234399797 Barno Azimova nomida;

Sberbank: 4276400077955467 Shavkat Abdullayev nomida;

Telefon raqami: +99899 827-54-64 (o‘g‘li)

 Abror Zohidov

Ko‘proq yangiliklar: