Aksariyat hollarda fuqarolarning kundalik turmushda ko‘p holatlarda o‘z huquq va majburiyatlarini bilmasliklari qator muammolarga sabab bo‘ladi. Shu kabi holatlarning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan «Huquqingiz bor» loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Yangi loyiha doirasida kundalik hayotimizda duch kelishimiz mumkin bo‘lgan dolzarb mavzularda 20 ta huquqiy-ommabop risola nashr etilib, xalqimiz, ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi aholiga yetkazilmoqda.
Ushbu kitoblarda chet elda ishlash, soliqlar, yerga egalik qilish, meros, yo‘l harakati, nikoh, aliment, oiladagi zo‘ravonliklardan himoyalanish, sog‘liqni saqlash, sudlanganlik bilan bog‘liq huquqiy muammolar yechimi bayon etilgan.
Ushbu adabiyotlarni tayyorlashda fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar chuqur tahlil qilindi. Muammolar yechimini oson tushunish maqsadida risolalar fuqarolar uchun qulay bo‘lgan «savol-javob» usulida oddiy, ommabop tarzda tayyorlandi.
Bugungi kunda universitet jamoasi risolalarning keyingi to‘plamini tayyorlash va chop etish borasida ish olib bormoqda.
Navbatdagi to‘plamda iste'mol kreditlari, ishga joylashish va mehnat shartnomasini bekor qilish, frilanserlik faoliyati, biznes soliqlari, yoshlar fermerligi, shuningdek, boshqa masalalar hamda ularni hal etish borasidagi zarur huquqiy tavsiyalar berish ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida tayyorlangan risolalardan bepul foydalanish uchun «Play Market» platformasi orqali mobil ilovani yuklab olish kerak bo‘ladi. Mazkur ilova orqali mutaxassislarga savollar qoldirish va javob olish mumkin.
Ilovani yuklab olish uchun havola:
Kitob shaklidagi adabiyotlarni o‘z tannarxida xarid qilish imkoniyati ham bor. Kitoblar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlari bo‘ylab yetkazib beriladi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
Tel.: 71 233 66 36 (ichki raqam 1047); 99 936 80 00
E-mail: info@tsul.uz
Reklama huquqi asosida