D.U. G.T. ning yuz qismiga bir marotaba mushti bilan urgan va G.T. bo‘y baravari yiqilishi natijasida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davomida marhum G.T D.U. yoshligida sodir qilgan o‘g‘riligini eslatib mazax qilib, uning yuz qismiga bir shapaloq urgani natijasida ushbu jinoyat kelib chiqqani aniqlangan.