Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi mutasaddisi Yangiqo‘rg‘on tumanidan 10 gektar yerni bog‘dorchilik uchun olib berishni va'da qilib, evaziga 10 ming dollar pora olayotgan paytda DXX tomonidan qo‘lga olingan.
Surishtiruv davomida viloyat hokimligi mutasaddisi ushbu pullarni Yangiqo‘rg‘on tuman hokim o‘rinbosariga olib borib berishi aniqlangan va tadbir davom ettirilib u ham qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.