Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston 11:30 / 14.05.2021 7038

Bugun, 14 may kuni, O‘zbekistonga Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Tojikiston delegatsiyasi 15 may kuni O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi qator sanoat obektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, Tojikiston bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelishi xabar berilgandi

Ko‘proq yangiliklar: