Qirg‘izistondagi onaxonning Tanzila Norboyevaga murojaatidan so‘ng uning Andijonga kelin bo‘lib tushgan qizi O‘zbekiston fuqaroligini oldi

Jamiyat 14:26 / 14.05.2021 11514

Andijonga kelin bo‘lib tushgan Shoiraxon Egamova 30 yildan buyon fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida yashayotgani, pasporti yo‘qligi uchun 10 yildan beri bor-yo‘g‘i 100 kilometr narida, Qirg‘izistonda yashovchi keksa onasini ko‘rgani bora olmasligi haqida Senat raisi Tanzila Norboyevaga murojaat qilgan, Kun.uz saytida ushbu masala yuzasidan material e'lon qilingandi.

Ko‘p o‘tmay mazkur murojaat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan va o‘rganishlar olib borilgandi.

Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berishicha, prezidentning 11 may kungi farmoni bilan Shoiraxon Egamovaga pasport beriladigan bo‘ldi.

«Natijada O‘zbekiston Prezidentining tegishli 11 maydagi farmoniga muvofiq Shoiraxon Egamova O‘zbekiston fuqarosi sifatida qabul qilindi va tez kunda fuqarolik pasportiga ega bo‘ladi.

Shoiraxon Egamovani O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganligi bilan tabriklaymiz!», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: