UzbekLife musahhih-jurnalist, tarjimon-jurnalist va SMM menejyerlarni ishga taklif qiladi 

Jamiyat 16:59 / 12.05.2021 5711

UzbekLife loyihasi tajribali va o‘z ishini yaxshi ko‘radigan musahhih-jurnalist, tarjimon-jurnalist va SMM menejyerlarni ishga taklif etadi.

Musahhih-jurnalist

Talablar:

– Professional jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish (o‘zbek tilining grammatik qoidalari, uslubiyatini mukammal bilish, maqola va xabarlar yozish, ularni imloviy va uslubiy jihatdan tahrir qilish);

– 25-35 yoshlar atrofida bo‘lishi;

– Oliy ma'lumot;

– Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi;

– Xorijiy tillarni bilishi e'tiborga olinadi;

– Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashashi; 

Tarjimon-jurnalist

Talablar:

– Professional tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullanish (davlat (o‘zbek) tili, ingliz va rus tillarini mukammal bilishi, ushbu tillardan o‘zbek tiliga maqola va xabarlarni to‘g‘ri va tezkor tarjima qilish);

– 25-35 yoshlar atrofida bo‘lishi;

– Oliy ma'lumot;

– Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi;

– Boshqa xorijiy tillarni bilishi e'tiborga olinadi;

– Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashashi;

 SMM menejyer

Talablar:

– Professional SMM menejyerlik faoliyati bilan shug‘ullanishi (Instagram, Telegram, YouTube, Facebook, TikTok tarmoqlarini mukammal bilishi, obunachilar sonini ko‘paytirish uchun loyihalar ishlab chiqish va uni amalga oshirishi);

– 25-35 yoshlar atrofida bo‘lishi;

– Oliy yoki o‘rta ma'lumot;

– Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi;

– Boshqa xorijiy tillarni bilishi e'tiborga olinadi;

– Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashashi;

Talabgorlardan rezyumesi bilan birga 3 tadan kam bo‘lmagan ijodiy ishlarini @coordinatorNT Telegram-akkauntiga yuborish so‘raladi.

UzbekLife loyihasi sizga:

– eng zamonaviy texnika vositalarida ishlash imkoniyati;

– shahar markazidagi ofis;

– rasmiy mehnat shartnomasi;

– barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik ish haqi;

– o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat va boshqa qulayliklarni taklif etadi.

Ko‘proq yangiliklar: