Xayriya guruhi boshlig‘i Abduvohid Atametovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, saxovatli insonlar va xalqimiz ko‘magi bilan 2 650 ta hayitlik sovg‘alari tayyorlangan.
Sovg‘alar muhtoj oilalarning farzandlariga Arafa kunida tarqatish uchun O‘zbekiston bo‘ylab o‘nlab xayriya guruhlariga bo‘lib berilgan.
«Hayitlik sumkasiga bolalar uchun shirinliklar, sharbat, sharlar va albatta ularning bilim olishlari uchun kitoblar ham soldik. Barcha bolajonlarning hayit kunlarida xursand bo‘lishlarini xohlaymiz. Qilayotgan ishlarimizning barchasi Allohning fazli bilan, biz shunchaki vositachimiz xolos», – deydi Abduvohid Atametov.
Ma'lum qilinishicha, navbatdagi bayram – Qurbon hayitida bolajonlarga beriladigan hayitlik sovg‘alari sonini 5 mingdan 10 mingtagacha chiqarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, ushbu xayriya guruhi bir necha yillardan buyon Ramazon oyida minglab oilalarga saharlik taomlarini ham tarqatishmoqda. Ushbu ramazon oyida har kuni saharlikka 500 tadan taom tarqatilgan.
Ushbu xayriya aksiyasida qatnashish va ma'lumot olish uchun quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish mumkin:
+998993040608
+998983075497
Uzcard: 8600 0417 2907 9476 (Abduvohid Atametov nomida)