Bojxonachilar 420 gr «opiy»ni ichiga yutgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga olishdi

Jamiyat 20:25 / 11.05.2021 7350

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur postga piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi M.A. inson tana a'zolarini skanerlash qurilmasi ko‘magida ko‘zdan kechirilganda, uning organizmida kapsulalar mavjudligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, jinoyatchi Termiz shahridagi tibbiy muassasalardan biridagi shifoxonada tekshiruvdan o‘tkazilganda uning ichidan 47 dona skotchlangan o‘ramlar chiqarib olingan.

Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganda, ular ichida 423,42 gramm og‘irlikdagi «opiy» hamda 17 dona oq rangli tabletkalar joylangani ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: