Camarqand viloyati Samarqand tumanida fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni va'da qilgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.K. fuqaro Q.H. va E.A.larga Janubiy Koreyaga ishlash uchun yuborishni va'da qilib, ularning ishonchiga kirgan. So‘ng, ulardan 8 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan A.K.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.