Qashqadaryodagi olis tog‘ qishlog‘i Ko‘lga olib boruvchi yo‘lda ko‘chki sodir bo‘ldi

Jamiyat 17:12 / 10.05.2021 8675

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida, uzoq tog‘lar orasida joylashgan Ko‘l qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lda ko‘chki sodir bo‘lgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Ko‘l qishlog‘iga olib boruvchi 90 kilometrlik yo‘lning 62 kilometrida kuchli va 5 ta o‘rta kattalikda keng hajmdagi ko‘chki ro‘y bergan.

Qayd etilishicha, tuman hokimligi tomonidan yoqilg‘i zaxirasi ham shakllantirilgan va texnikalar jalb etilgan. Ko‘chki oqibatlarini bartaraf etishda Ko‘l qishloq aholisi ham qatnashgan va yo‘l hashar yo‘li bilan yo‘l ta'mirlangan.

Ta'kidlanishicha, mazkur ko‘chki oqibatlarini bartaraf etishda qatnashayotgan hasharchilarga tuman hokimligi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilgan.

Ma'lumot uchun, Ko‘l qishlog‘i tuman markazi Shahrisabz shahridan qariyb 90 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, unga tog‘lar orasidagi mashaqqatli yo‘l orqali boriladi.

P.S. Joriy yil 20-21 mart kunlarida Kun.uz muxbirlari Ko‘l va uning yaqinidagi G‘yelon qishloqlarida bo‘lib, ular haqida reportaj tayyorlab qaytgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: