Qashqadaryoda xorijga chiqish uchun ota aliment o‘rniga «Lasetti» berdi

Jamiyat 13:31 / 10.05.2021 1867

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida alimentdan qarz bo‘lgan ota xorijga chiqish uchun qo‘yilgan taqiqni bekor qilish maqsadida «Lasetti» mashinasini undiruvchi nomiga rasmiylashtirib bergan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2017 yil 13 apreldagi qaroriga ko‘ra tumanning Shakarteri qishlog‘ida yashovchi F.Xudoynazarovdan tumandagi Avazmalik qishlog‘ida yashovchi M.Xidirovaning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta'minoti uchun bola voyaga yetgunga qadar har oy jami daromadining 1/4 miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ammo F.Xudoynazarov aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay kelgan. Shu sababli uning O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Shundan so‘ng, qarzdor xorijga chiqish cheklovini bekor qilish maqsadida farzandi 18 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddat uchun aliment to‘lovlarini to‘liq to‘lab bergan. U undiruvchi bilan kelishgan holda pul mablag‘lari o‘rniga «Lasetti» mashinasini uning nomiga notarius orqali rasmiylashtirib bergan.

Ko‘proq yangiliklar: