Van Gog, Shishkin, Mikelanjyelo yoki Avyozovskiy? Sizga ko‘proq qaysi biri yoqadi? Agar o‘zingizga yoqqan rassomni tanlagan bo‘lsangiz, endi uyingizda uning miniatyura san'ati galeriyasini ham yaratishingiz mumkin. Ha, buning imkoni bor.
Yangi LG Gallery Design OLED televizorlari bilan siz kayfiyatingizga qarab, uyingiz intereriga mos tarzda va eng muhimi, xilma-xillik asosida turli rasmlarni tanlashingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? Unda biz sizga tushuntiramiz.
CES 2021 LG ko‘rgazmasining LG galeriyasi yangi G1 dizayni bilan boyidi. Ilgari OLED Gallery Design galeriyasida faqat GX televizorlari joy olgan bo‘lsa, unga G1 modeli ham qo‘shildi.
Sizga miniatyura san'atidan bahra olish imkonini bera oladigan bu televizorlar va ularning farqlari haqidagi suhbatdan oldin, dastlab, Gallery Design haqida bilib olsak.
Gallery Design – o‘ta nozik dizaynda ishlangan ekranga, minimal darajada kichik hoshiyaga ega televizorlar to‘plami. Bu televizorlarni devorga juda yaqin qilib osib qo‘yish mumkin. Televizorlarning asosiy xususiyati ular o‘chirib qo‘yilgach, ekranda siz istagan suratning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunda qora ekran o‘rnida siz tanlagan surat paydo bo‘lib, kayfiyatingizni ko‘tarib turishi mumkin. Agar televizorni devorga osishni xohlamasangiz, unda o‘zingiz tanlagan istalgan intererga mos tushadigan uslubdagi stend sotib olishingiz ham mumkin.
Gallery Design bilan tanishib ulgurgan bo‘lsangiz, unda sizga OLED texnologiyasi, GX va G1 LG Gallery Design OLED televizorlari haqida ham ma'lumot beramiz. LG OLED – o‘zini o‘zi yoritadigan organik pikselli LEDlarga asoslangan televizorlar. Piksellar individual tarzda yonadi va o‘chadi, buning bilan siz tim qora rangga erishasiz. Bu piksellarni LG'ning faxri deb atash mumkin. Piksellar yordamida paydo bo‘lgan qora rang natijasida esa cheksiz kontrast sodir bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu model ekranining o‘ta yupqa ekanligi, orqa yoritgichi alohida emasligi sabab OLED televizorlari juda nozik va yengil. Televizor elektrdan uzilganda bir necha millimetrli yupqa va tekis ekran namoyon bo‘ladi. Bu ekranni devorga xuddi yopishib turadigandek ko‘rinishda ilib qo‘yish mumkin.
2021 yilda OLED evo displeyining yangi avlodi ishlab chiqarildi. Yangi model – LG OLED G1 displeyi GX bilan solishtirganda 20 foiz yorqinroq ishlangan, 20 foiz ko‘proq detallashtirilgan va aniqroq. LG OLED G1 modelining NFC aqlli pulti ham bor. Bu pult bilan smartfoningizni televizorga ulashingiz va telefon yordamida televizorni boshqarishingiz mumkin.
Qisqacha shular. Unutmang: Gallery Design'dan qaysi modelni tanlasangiz ham, OLED televizorlari uyingizga zohiriy chiroy va ko‘rk berib turishi shubhasiz.
Reklama huquqi asosida