Keyinchalik dunyoning eng mashhur yaxna ichimligiga aylanish taqdir qilgan ichimlik farmatsevt Jon Pemberton tomonidan 1886 yil may oyining qaynoq kunlaridan birida kashf etilgan. Uning sherigi buxgalter Frenk Robinson esa ichimlikka nom berib, uni chiroyli harflar bilan yozadi. Shu tariqa ichimlikning nomi Coca-Cola deb yoziladi va biroz o‘zgarish bilan bo‘lsa-da bu nom bugungacha saqlanib kelmoqda.
O‘shanda Coca-Cola dorixonalarda bir kishiga 9 stakandan, bir stakani 5 sentdan sotilgan. Hozir esa afsonaviy ichimlik dunyoning Kuba va Shimoliy Koreyadan boshqa barcha davlatlarida erkin narxda sotilmoqda. Kuniga butun dunyo bo‘ylab 1,9 milliard dona Coca-Cola sotiladi. Yer yuzining 94 foiz aholisi brend haqida biladi. Hozirgacha ishlab chiqarilgan Coca-Cola idishlarini yonma-yon qo‘ysa, ular 2 marta Oygacha borib qaytib kelishga yetadigan uzunlik paydo qiladi. Coca-Cola tarmog‘ida 200 dan ortiq brend bor, ularning 21 tasi 1 milliard dollardan qimmatroq turadi. Kompaniya gazli ichimliklar, sharbat, qahva kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradi va dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida sotadi.
Coca‑Cola tashkil etilganidan buyon innovatsiya va yangiliklar qilishdan to‘xtamaydi. Masalan, 1894 yil Coca‑Cola'ni maxsus idishlarga solib xaridorlarga yetkazib berish boshlanadi. Taqqoslash uchun bu vaqtda qolgan yaxna ichimliklar faqat maxsus joylarda quyib berilgan. Ko‘p o‘tmay Coca‑Cola soxta mahsulotlardan qochish uchun shisha idish (butylka)larda mahsulotini sotishni yo‘lga qo‘yadi. Keyinchalik bu shisha idishlar korxonaning ramziga aylanib qoldi.
Santa-Klausning mashhur ko‘rinishi ilk marta 1930-yillarda aynan Coca-Cola idishlarida tasvirlangan. Bu kompaniyaning qishki reklama kampaniyasi doirasida amalga oshiriladi. O‘sha rasm hozirda Santaning dunyodagi eng mashhur ko‘rinishi hisoblanadi. 1985 yilda Coca-Cola'ni Challenger kosmik kemasi bilan birga koinotga olib chiqish uchun maxsus idish yasaladi. 1995 yilda esa ichimlikni koinotda ham ichish imkonini beradigan maxsus idish tayyorlanib, unda 1,65 litrgacha Coca-Cola'ni kosmosga olib chiqish mumkin bo‘ladi.
Coca-Cola biologik qayta ishlash borasida ham yetakchilardan hisoblanadi. 2009 yilda kompaniya Plant Bottle texnologiyasidagi yangi qadoqlarni ishlab chiqaradi. Ularning 30 foizi o‘simliklardan olingan materiallardan iborat. 2019 yilda kompaniya bu texnologiyasini barcha uchun, hatto raqobatchilari uchun ham foydalanishga berishini ma'lum qildi. 2018 yilda kompaniya «Chiqindisiz dunyo» degan loyihani boshlaydi. Unga ko‘ra Coca-Cola 2025 yilgacha to‘liq qayta ishlanadigan qadoqlarga o‘tishi rejalashtirilgan. 2030 yilda esa kompaniya yiliga nechta idishda ichimlik ishlab chiqarsa, dunyo bo‘ylab shuncha idishlarni yig‘ib olish aksiyasini o‘tkazadi.
2008 yilda kompaniya olimpiada o‘yinlaridagi hamkorlikning 80 yilligini nishonlaydi. Olimpiada o‘yinlarida hali biror hamkorlik bu qadar uzoq davom etmagan. 135 yillik tarixi davomida Coca-Cola kompaniyasi «Dunyoni yaxshilik tomonga o‘zgartirish» missiyasi ostida fond faoliyatini yuritib keladi. Fondga har yili korxonaning iqtisodiy holatidan qat'i nazar operatsion daromadlarning 1 foizi doimiy tushib turadi. 30 yillik faoliyati davomida fond 1 milliard dollardan ortiq xayriya ishlarini amalga oshirgan.
Coca-Cola O‘zbekistondagi BMT taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikda 10 yildan ortiq vaqt davomida ko‘plab loyihalarni moliyalashtirib keladi. Bu loyihalar doirasida masalan, Navoiy va Samarqanddagi hududlarga ichimlik suvi yetkazib berish ishlariga yordam ko‘rsatildi.
2020 yilda Coca-Cola fondi pandemiya vaqtida O‘zbekistonga sun'iy nafas olish apparatlarini sotib olish uchun 200 ming dollar pul ajratdi. Keyinchalik kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yana 150 ming dollar ajratildi. Kompaniya shuningdek, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan birga ayollar daromadlarini oshirish va chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan startap g‘oyalarini moliyalashtirib kelmoqda. Ya'ni, korxona faqat foyda ko‘rishni emas, dunyo bo‘ylab odamlarning hayotini yaxshilashga ham harakat qilib keladi.
Reklama huquqi asosida