«65 kundirki musofirlikda dard bilan olishyapmiz» – Hindistonda qolib ketgan Javohirga moddiy ko‘mak zarur

Jamiyat 13:51 / 10.05.2021 10105

Javohirning onasi Nigora Komilova Kun.uz orqali xalqimizga murojaat qilib, hozirgi vaziyatlari haqida so‘zlab berdi:

«Farzandim Javohirga 2016 yili jigar sirrozi tashxisi qo‘yildi. Bolam 5 yildan beri shu kasallik bilan og‘rib keladi. Har 15-20 kunda qorniga 12-13 litr suv to‘planib qolar edi. Shifokorlar suvni olib tashlashardi. Oxiri madori qolmadi, nihoyatda og‘ir ahvolga tushdi. Keyin operatsiya uchun Hindistonga keldik va bunga 65 kundan oshdi. O‘g‘limning operatsiyasi 8 soat davom etdi. O‘sha 8 soatni qanday o‘tkazganimni o‘zim bilaman. Shukr, hozir Javohirning ahvoli yaxshi, qorniga suv to‘planmayapti.

Bu yerda operatsiyadan chiqqan bemor ikki kun reanimatsiyada yotar ekan. Lekin bolam og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazgani uchun 7 kun qolib ketdi. Kunlik to‘lov 1 500 dollar. Kasalxonadan 5 kunlik to‘lov qarz bo‘lib qoldik. Mehmonxonadan ham qarzlarimiz ko‘payib ketdi.

Siz azizlardan muborak Ramazon oyida Alloh yo‘lida ehson qilishingizni yolvorib so‘raymiz. Robbim ajr va savoblarini ko‘paytirib bersin! O‘g‘limni 4 yashar va 4 oylik farzandlarining oldiga yorug‘ yuz bilan olib borish nasib etsin», – deydi onaizor.

Javohir Muhammedovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 4890 5501 (Matluba Asqarova nomida)

Viza: 4231 2000 0794 1528

Sberbank: 4276 4000 7806 5894 (Murodjon Polvonov)

Telefon: (90) 548 48 15

 Islombek Umaraliyev tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: