Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 76-yilligi arafasida ERIELL Group an'ananaga ko‘ra Qashqadaryo viloyati faxriylarini qutladi.
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida ERIELL Group vakillari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Qarshi shahri va Qashqadaryo viloyatining 8 ta tumanida istiqomat qiluvchi 22 nafar faxriyni ziyorat qildi. Harbiy orkestr chiqishi va bayram dasturi yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
– Biz xalqimiz boshiga tushgan murakkab sinovlar haqidagi xotira hali ham barhayot ekanidan juda mamnunmiz, – dedi urush yillarida fashistlar konslageri dahshatlarini boshidan kechirgan faxriy Vera Andreyevna Nosirova. – Bizning uchrashuvlar hamisha iliqlik va samimiylik ruhida o‘tadi, bunday e'tibordan boshimiz ko‘kka yetadi.
Tadbirda shuningdek tumanlar hokimlari, maktab o‘quvchilari, Mudofaa vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.
– Hurmatli faxriylarimiz e'tiborga muhtoj, ular uchun yosh avlod ularning jasoratini doimi yodda saqlashi muhim, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ERIELL Group “O‘rta Osiyo” MBB rahbari Bahrombek Ismoilov. – Biz yana bir bor ularga o‘z hurmatimizni izhor etish va musaffo osmonimiz uchun minnatdorlik bildirishdan mamnunmiz».
ERIELL Group O‘zbekiston fuqarolari va Ulug‘ Vatan urushi faxriylarini eng ezgu ayyom – Xotira va qadrlash kuni bilan qutlaydi! Osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin, mustahkam sog‘lik, tinchlik-totuvlik, mehr-muhabbat va yaqinlaringiz e'tibori hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
ERIELL Group Matbuot xizmati