Fond xabariga ko‘ra, eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish dasturi doirasida bu yil ushbu maktab zamonaviy FM-tizimlari, nutqni rivojlantirish uchun mashg‘ulot uskunalari kabi maxsus yordamchi uskunalar bilan jihozlanadi.
«Barcha o‘quvchilar eshitish qobiliyati diagnostikasidan o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra, maktabga 204 ta eshitish apparati ajratiladi va koxlear implantatsiyalar o‘tkaziladi.
Shu yo‘l bilan bolalar uchun ta'lim va hayotni idrok etish sifati sezilarli darajada yaxshilanadi», – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Nukus shahridagi maktab bilan bir qatorda Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi yana 7 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar yordamchi uskunalar bilan ta'minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Zamin fondi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ta'lim sifatini oshirish dasturini amalga oshirmoqda. Dastur doirasida eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 18ta maktabda informatika sinflari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.