Zamin fondi ekologik ta'limga oid yangi loyihani amalga oshiradi

Jamiyat 21:20 / 07.05.2021 12929

Dastur Daniya Qirolligining Ekologik ta'lim fondi, BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) va «Ted-Ed» xalqaro loyihasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

«Zamin Eco-Education» bir nechta mustaqil tarkibiy qismlarni: "Echo-Schools", "Green Key ", "Earth School" xalqaro loyihalarini o‘z ichiga oladi.

Dastur doirasida YUNISEF va FAO bilan hamkorlikda sanitariya va gigiyena, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha bir nechta ma'rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Bolalar uchun eko-oromgoh, eko-festivallar, davra suhbatlari va anjumanlar tashkil etiladi.

«Zamin fondi eko-ta'limni zamonaviy turmush tarzining muhim asosi deb biladi. Loyihaning maqsadi – atrof-muhit borasida mas'uliyatli avlodni tarbiyalash.

Eko-ta'lim – atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik fikrini hisobga olishga, jamoat tashkilotlarini jalb qilishga undaydi. Eko-ta'lim – barqaror rivojlanishdagi muhim omil va samarali ekologik siyosatning asosidir», – deyiladi fond rasmiy relizida.

Ko‘proq yangiliklar: