O‘lim bilan olishayotgan Dilnura
Dilnuraga oqqon tashxisi Buxoroda qo‘yilgan. Hozirda Toshkentdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish shifoxonasida davolanayotgan qizaloq holsiz va tushkun. Oila tang ahvolda qolganligi sabab xorijda ishlash uchun ketmoqchi bo‘lgan otasi ham qizining ahvoli og‘irlashgani sabab ketolmay qolgan. “Bir kechada 9 martalab tutqanoq xurujini o‘tkazib, o‘lim bilan olishdi qizim. Bolamni qaytarib berdi bizga”,- deydi onasi Nigora.
Dilnura Oripovaga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 6972 4684 otasi Doniyor Allayev nomida
Sberbank: 4187 8000 0039 9493 otasi Doniyor Allayev nomida
Telefon: 998993106983 (otasi)
Farzand kulgusiga hech narsa yetmaydi...
“Bu kasalni eshitib tamom bo‘ldim. Yolg‘on bo‘lib chiqishini qanchalik xohlamay, baribir shunday kun bor ekan boshimizda. Bu yerda qo‘rquvdan, hadikdan har kun o‘lib tirilasiz”,- deydi Diyorbek onasi iztiroblarini ifodalash uchun. Bemor bolasi bilan teng dard chekayotgan ona dunyoda hech bir narsa farzandlar kulgusiga yetmasligini, dunyo tashvishlari uning oldida arzimas ekanligini aytadi.
Diyorbek Ro‘zimurodovga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 5213 4586 onasi Munisa Sharipova nomida
Sberbank: 4817 7601 6297 5167 qarindoshi Abdusattor Alimqulov nomida
Telefon: 998912131666 (onasi)
Kasalligim uchun meni kechiring, onajon...
12 yashar Ulug‘bek oq-qorani tanib ulgurmasidan dard iskanjasiga tushdi. Buni eshitgan kunidan beri dunyolarga sig‘mayotgan onasi xalqdan yordam so‘rash og‘irligini, ammo bolasining dard chekayotganini ko‘rish undan ham qiyinligini aytadi. Ba'zida azoblardan to‘ygan bolaning o‘limga ham rozi bo‘lishi yaqinlarni battar iztirobga soladi. Ota-onasini bu ahvolda ko‘rgan Ulug‘bek kasal bo‘lganligi uchun o‘zini aybdor his qilib qolgan.
“Dori-darmonlarimiz shifoxona tomonidan imkon qadar yetkazib berilyapti, shifokorlardan behad minnatdormiz”,- deydi onasi Zulayho opa.
Ulug‘bek Jo‘rayevga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 9700 3390 onasi Saitova Zulayho nomida
Humo: 9860 0301 0136 4864 onasi Saitova Zulayho nomida
Telefon: 998973140985 (onasi)
Gul umrining uch yili kasalxonada o‘tayotgan qiz shifo istaydi
Mahfuzaxon umrining 17 yoshli bahorini kasalxonada, tomchi dorilarga kishanlanib o‘tkazmoqda. Bo‘y qizlarning nozik his-tuyg‘ulari unga begona: faqat tuzalishni, sog‘ayib ota-onasini g‘amdan qutqarishni istaydi xolos. Chunki ular 3 yildan beri Mahfuzaning tuzalishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Endi yaxshilar ko‘magidan umid bilan vatandoshlarimizga yuzlanishga majbur bo‘lishdi.
Mahfuza G‘ozixonovaga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0423 5162 9257 onasi Xosiyat Sharopova nomida
Viza: 4231 2000 0078 0014 onasi Xosiyat Sharopova nomida
Sberbank: 5336 6901 4873 4397 akasi Muhammadqodir G‘ozixonov nomida
Telefon: 998 93 9827279 (onasi)
Har lahzasida savoblar yog‘ilib turgan oyning so‘nggi kunlarini boshdan kechirayotgan savobtalab yurtdoshlarimiz bu bolalarning dardlariga, bu onalarning iztiroblariga befarq bo‘lmasligi ilinjida duo qilamiz. Hech bir onaning ko‘ziga farzandi sabab yoshlar to‘lmasin, bemorligini ko‘rsatmasin!
Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
tasvirchi Sherzod Egamberdiyev.