Qashqadaryoda xorijga ishga jo‘natishini aytib ikki kishining pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat 15:57 / 06.05.2021 401

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida fuqarolarni chet elga ishga jo‘natishni va'da qilib, ularning pulini o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.T. fuqaro N. va B.larning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishga va'da berib, evaziga 1 750 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryoda qalbaki PZR-test natijalarini sotayotgan xususiy klinika rahbari qo‘lga olindi

Xorijga chiqish uchun 1200 AQSh dollar evaziga soxta hujjat tayyorlab bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ko‘proq yangiliklar: