Tug‘ma yoki orttirilgan yurak poroglari bolalarda ko‘p uchraydigan va muttasil azob beradigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Bu darddan qutulishning yagona samarali usuli jarrohlik amaliyotidir. Ammo ko‘p hollarda kasallik kech aniqlanishi, ota-onalarning qo‘li kaltaligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra operatsiyalar ortga surilib ketadi va rivojlanishdan ortda qolish bilan birga bola hayotiga jiddiy xavf tug‘iladi. Mazkur aksiya muhtoj oilalarning 5 nafar ana shunday bolalariga yordam berishni maqsad qilgan.
Aksiyada quyidagi shartlarga amal qilinadi:
1. Operatsiya O‘zbekiston klinikalarida o‘tkazilishi lozim, bunda tanlov faqat ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi va homiylar bu jarayonga aralashmaydi;
2. Amaliyot narxlari joriy yil may oyiga qadar belgilangan narxlarga mutanosib bo‘lishi kerak;
3. Homiylik to‘lovi faqat standart operatsiyani qoplashga qaratiladi, kompleks davolanish, reabilitatsiya jarayonlarni qamrab olmaydi;
4. Aksiya bo‘yicha murojaatlar joriy yilning 15 mayiga qadar qabul qilinadi;
5. Oilaviy sharoiti va boshqa qator jihatlarga ko‘ra tanlab olingan bemorlar bilan aloqaga chiqiladi, qolganlarga javob va izoh berilmaydi;
6. Murojaatlar soni 60 tadan oshganida aksiya muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.
Bog‘lanish uchun soat 10:00dan 18:00gacha telegram orqali @Abror_Zohidov akkauntiga murojaat qiling!
Yaxlit xat shaklidagi murojaatingizda:
1. Bolaning to‘liq ism-sharifi, yoshi va oilaviy ahvoli to‘g‘risida ma'lumot;
2. Manzil va bog‘lanish telefonlari;
3. Kasallik tarixidan aniq va to‘liq diagnoz ko‘rsatilgan ko‘chirma;
4. Talab qilinuvchi mablag‘ va klinika nomi;
5. Bemorning ota-onasiga tegishli plastik karta raqamlarini ilova qiling.
Alloh farzandingizga komil shifo bersin va bu bolajonlar el-yurtiga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib yetishsin!