DSQ uchta raqamli xizmatni ishga tushiradi

Iqtisodiyot 14:06 / 04.05.2021 10404

DSQ tomonidan ishga tushiriladigan 3ta onlayn xizmat xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘rtasida elektron ma'lumotlarning tizimli va izchil almashinuvini ta'minlaydigan, birlamchi buxgalteriya hujjatlarini avtomatlashtiradigan va soliq to‘lovchilarga soliq yukini keskin kamaytirishi kutilmoqda.

Bular:

– Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi;

– Yagona elektron shartnomalarning axborot portali;

– Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish onlayn tizimi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 249-sonli qarorida ushbu xizmatlarni integratsiyalashning bosqichma-bosqich strategiyasi nazarda tutilgan:

– shartnomalar portalini ishlab chiqish va belgilangan tartibda «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsion platformasiga ulash;

– shtrix kodlarini ko‘rsatish orqali mahsulotlarning (tovar va xizmatlar) unifikatsiyalashgan nomlari va identifikatsiyalash kodlarini aniqlash imkonini beruvchi interaktiv xizmat joriy etish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilish;

– onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimiga mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) unifikatsiyalashgan nomlari va identifikatsiyalash kodlarini integratsiya qilish.

Qaror bilan Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi tasdiqlandi. Katalog qulay bo‘lib, unda 900 dan ortiq mahsulot tartib raqami, tovar va xizmatlar guruhlari, tasniflash kodlari va o‘lchov birliklari mavjud. Ushbu katalogni kengaytirish va to‘ldirib borish huquqi DSQga berildi.

«Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 1-son qaroriga muvofiq, hisobvaraq-fakturalar tovarlar (xizmatlar)ning Yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodi va tovarlar (xizmatlar) shtrix kodi bilan to‘ldiriladi.

Mahsulotlarning (tovar va xizmat) identifikatsiya kodlari va shtrix-kodlari onlayn-NKM yoki virtual kassalar tomonidan berilgan cheklarda aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu norma qarorda ham nazarda tutilgan.

Tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida elektron shartnomalar tuzish real vaqt rejimida maxsus QR-kod biriktirish bilan amalga oshiriladi. Ular asosida elektron hisobvaraq-fakturalar shakllantiriladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish ixtiyoriy va xizmatlar bepul.

Elektron hujjat aylanish tizimida tovar-moddiy boyliklarni olish uchun elektron shaklda ishonchnoma rasmiylashtirishda elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi.

Shuningdek, ishonchnomalarga ham QR-kod va ID raqam beriladi. Ular yordamida elektron hisobvaraq-fakturalar tizimida ishonchnomalarning haqiqiyligini tekshirish va kerakli ma'lumotlarni olish imkoni mavjud. Shuningdek, biznes yuritishda ortiqcha xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi»,- deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq, Facebook O‘zbekistonda qariyb 6 milliard so‘m soliq to‘lagani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: