Minerva City: Qurilishning birinchi bosqichi 2021 yilda muddatidan oldin qurib bitkaziladi

Jamiyat 20:00 / 03.05.2021 8525

Minerva City sektor A qismi  ̶  turar joy binolari, savdo va ofis binolari qurilishining birinchi bosqichini 2022 yil 2-choragida tugatish rejalashtirilgan edi. Biroq, janob Murari Lal Jalan boshchiligidagi MJ Developers jamoasi uni muddatidan oldin – 2021 yilning 4-choragida qurib bitkazishga ishonchlari komil.

“Shahar ichidagi shahar” loyihasi Yangihayot tumanining janubi-g‘arbida joylashgan. Bunda 2 million kvadrat metrdan ortiq maydon turar joy binolari, o‘quv muassasalari, savdo va ofis obektlarini qurish uchun mo‘ljallangan.

Loyiha quyidagi jahon miqyosidagi infratuzilmalardan iborat:

  • dunyodagi eng yirik klublardan biri bo‘lgan klubhaus;
  • jahon darajasidagi golf maydonchasi;
  • 15000 dan ortiq xonadonlar;
  • premium klassidagi xonadonlarga ega bo‘lgan ikkita 40 qavatli egizak binolar;
  • mamlakatdagi eng katta osmon ko‘prigi (uzunligi 2 km);
  • zamonaviy bolalar bog‘chalari va xalqaro maktablar;
  • talabalar uchun yotoqxonasi bo‘lgan xalqaro universitet;
  • yuqori sifatli ko‘p tarmoqli shifoxonalar;
  • oilaviy dam olish maskanlar: kafe, restoranlar va savdo markazlarini o‘z ichiga olgan obektlar.

Bundan tashqari, farovon va hashamatli hayot uchun ko‘plab boshqa imkoniyatlar mavjud. Minerva City aholisining ixtiyorida butun shahar ichida bir shahar bor. Maktabdan, ishdan qaytib kelayotganda yoki shunchaki sayr qilganda, ko‘kalamzorlardan bahra olish imkoniyati mavjud. Chunki 100 gektar maydonning 60 foizini yashil maydonlar tashkil etadi.

Loyiha 2020 yildan beri qurilmoqda. Dunyo miqyosidagi pandemiyaga qaramay, turar joy va tijorat binolari tez sur'atlar bilan qurilmoqda. Bundan tashqari, golf maydonchasi va klub binosi qurilishi yakunlangan. Bugungi kunga qadar qurilish ishlarining natijasi salmoqli darajada. Har biri 16 qavatdan iborat bo‘lgan 11 ta turar joy minoralari qurilishi davom etmoqda va 1-raqamli minoraning 12-qavati ko‘tarilgan, qolgan minoralar qurilishning turli bosqichlarida. Shuningdek, 2 qavatli savdo va 3 qavatli ofis binolaridan iborat beshta blokning qurilishi davom etmoqda.

Minerva City tabiat barqarorligini qo‘llab-quvvatlaydi va ekologik zararni minimallashtirishga intiladi. Shuning uchun yashil maydonlar loyihaning ajralmas qismi sanaladi. Ko‘chalarni yoritish uchun ekologik energiyadan foydalaniladi. Minerva City hududida biz ekologik toza muhitga e'tibor qaratamiz, shuning uchun shaharda ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga alohida e'tibor qaratiladi. Turar joy binolari orasida keng bo‘shliqlar dinamik hayot tarzi hamda erkin havo aylanishi uchun ta'minlangan. Ushbu loyiha aholiga, ayniqsa nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan odamlarga, ekologik toza hududda yashash va o‘z sog‘lig‘ini saqlashga imkon beradi.

Loyiha sog‘lom turmush tarzini qat'iyan rag‘batlantiradi. Shu sababli, Minerva City loyihasi ochiq sport va yoga zonalari, velosiped va yugurish yo‘llari kabi sport turlari uchun joylar ajratgan.

Aynan hozir Minerva City hududidan xonadonlar, savdo do‘konlari va ofislarni sotib olish uchun eng qulay vaqtdir. MJ Developers xaridorlarga har qanday to‘lov uchun chegirmalar va qulayliklarni taqdim etadi. Batafsil ma'lumot olish uchun kompaniya Sizni savdo ofisiga taklif qiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, O‘zgarish qishlog‘i, Alisher Navoiy mavzesi.

Telefon: 1145

Veb-sayt: minervacity.uz

Facebook: fb.com/minervacityuz

Instagram: @minervacityuz

Telegram: t.me/themjdevelopers

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: